2026/2027 O‘QUV YILI

Yangi o‘quv yili uchun qabul boshlandi

1–9-sinflar uchun qabul davom etmoqda. Maktab bilan tanishing va farzandingiz uchun mos ta’lim muhitini tanlang.

01/04

MAKTAB HAQIDA

Biz haqimizda

Yangi Avlod Xalqaro Maktabi — Xorazm va Urganchdagi kuchli xususiy maktablardan biri bo‘lib, farzandlarga sifatli ta’lim berish bilan birga, ularni mustaqil fikrlaydigan, mas’uliyatli va kelajakka tayyor insonlar sifatida tarbiyalashni maqsad qilgan zamonaviy maktab.

Maktabimizda ta’lim Prezident maktablari ta’lim tizimi asosida tashkil etiladi. Darslarda faqat mavzuni o‘zlashtirishga emas, balki tanqidiy fikrlash, muammoni hal qilish, muloqot, ijodkorlik va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.

Biz har bir bolaning qobiliyati va rivojlanish sur’ati turlicha ekaniga ishonamiz. Shu sababli kichik sinflar, individual yondashuv va kuchli ustozlar orqali har bir o‘quvchining o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun qulay muhit yaratamiz.

Biz uchun yaxshi ta’lim — bu faqat yuqori baholar emas. Bu farzandingizning fikrlashi, xarakteri va kelajagiga qo‘yilgan poydevor.

Ariza qoldirish

Ko‘p so‘raladigan savollar

01Maktab qaysi yo‘nalishga ixtisoslashgan?

Maktabimizda asosiy urg‘u xorijiy tillarni chuqur o‘rganishga, ayniqsa ingliz tiliga qaratilgan. Shu bilan birga, o‘quvchilarning barcha asosiy fanlardan kuchli akademik bilim olishi ta’minlanadi.

02Maktabingiz boshqa maktablardan nimasi bilan farq qiladi?

Ta’lim jarayoni Prezident maktablari ta’lim tizimi va yondashuvlari asosida tashkil etiladi. O‘quvchilarda bilim bilan birga mustaqil fikrlash, muammoni hal qilish, muloqot va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor beramiz.

03Ta’lim qaysi tillarda olib boriladi?

Ta’lim ingliz, rus va o‘zbek tillarida olib boriladi. Asosiy urg‘u ingliz tiliga qaratilib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.

04Farzandim ingliz tilini yaxshi bilmasa, qabul qilinadimi?

Ha. Ingliz tilini mukammal bilish qabul uchun majburiy emas. Qabul jarayonida bolaning hozirgi bilimidan tashqari, o‘rganishga tayyorligi va rivojlanish salohiyati ham hisobga olinadi.

05Qabul jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Qabul bir necha bosqichdan iborat: ariza topshirish, o‘quvchi bilan suhbat, diagnostik baholash, ota-ona bilan suhbat va yakuniy qaror.

06Bir sinfda nechta o‘quvchi bo‘ladi?

Har bir sinfda 20 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lmaydi. Bu o‘qituvchiga har bir bolaga ko‘proq e’tibor va individual yondashish imkonini beradi.

07O‘qituvchilar qanday tanlanadi?

O‘qituvchilar suhbat, kasbiy baholash va tanlov bosqichlari orqali saralanadi. Biz uchun ustozning bilimi bilan birga, bolalar bilan ishlash mahorati ham muhim.

08Bolalarning xavfsizligi qanday ta’minlanadi?

Maktab hududida videokuzatuv, kirish-chiqish nazorati va xavfsizlik tartiblari amal qiladi. Begona shaxslarning maktabga kirishi nazorat qilinadi.

09Maktabning oylik to‘lovi qancha?

Boshlang‘ich sinflar uchun oylik to‘lov — 4,5 mln so‘m, yuqori sinflar uchun — 5,5 mln so‘m. To‘lov tarkibiga darslar, qo‘shimcha to‘garaklar va 3 mahal ovqatlanish kiradi.

Qabul ochiqMa’lumotlaringizni qoldiring, sizga tez orada aloqaga chiqamizArizani boshlash